jins

Uztransgaz

23.04.2025

Bevosita muloqotlarda fuqarolarning muammolarini tinglash va hal etish “O‘ztransgaz” AJ faoliyatida yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda. Jamiyat rahbariyati murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qabullarni davom ettiradi.

Bugun “O‘ztransgaz” AJ rahbariyati Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi faoliyatiga aloqador masalada murojaat qilgan yurtdoshimiz bilan suhbatlashdi. Qabul davomida murojaatchining fikrlari diqqat va e'tibor bilan tinglandi. Bildirilgan ma'lumotlarni o‘rganish va aniqlik kiritish maqsadida tegishli mutaxassislar tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi. 

Возврат к списку