jins

Uztransgaz

22.04.2025

Fuqarolar bilan ochiq muloqot va muammolarni amaliy hal etish “O‘ztransgaz” AJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jamiyat rahbariyati tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ular yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash va ijtimoiy mas'uliyatni ta'minlash maqsadida qabullar izchil davom etmoqda.

Shu doirada, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari tomonidan nevarasiga ish so‘rab murojaat qilgan fuqaro shaxsan qabul qilindi. Uchrashuv davomida murojaatchi tomonidan bildirilgan holat yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Fuqaroning ijtimoiy ahvolini inobatga olgan holda, uning murojaatini ijobiy hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, joriy yilning 2-aprel kuni murojaatchilar qabuli bo‘yicha onlayn efir tashkil etilgan bo‘lib, unda Xorazm viloyatidan bo‘lgan fuqaro o‘z murojaati bilan chiqdi. Mazkur masala yuzasidan “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvining ishonchli vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Vakolatli shaxs murojaatchi bilan shaxsan uchrashib, uning bergan ma’lumotlari asosida mavjud vaziyat atroflicha tahlil etildi.

Возврат к списку