Murojaatlar bilan ishlash masʼullariga seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi
Uztransgaz
19.09.2025
Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish, ularning ko‘tarayotgan muammolariga amaliy yechim topish masalasiga doimiy ravishda alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki har bir murojaat insonlarning hayoti va taqdiriga bevosita aloqador. Shu bois murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislarning bilim va tajribasi yetarli darajada yuqori bo‘lishi talab etiladi.

"O‘ztransgaz" AJ tizimida ham mazkur yo‘nalishda muntazam tarzda seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbirda hududiy boshqarmalar va tashkilotlarda murojaatlar bo‘yicha masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Unda Jamiyat boshqaruv apparati va tarkibiy tuzilmalarida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etish, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, tegishli takliflar ishlab chiqish hamda bu boradagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Murojaatlar bilan ishlashning yagona onlayn platformasi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

Mazkur seminar-mashg‘ulotlar murojaatlar bilan ishlash sohasida masʼul xodimlarning bilim va malakasini yanada oshirish, ularning kasbiy mahoratini mustahkamlashga xizmat qiladi.