Murojaatlar bilan ishlash – xalq ishonchini oqlash
Uztransgaz
23.05.2025
Bugun Qashqadaryo yana bir dolzarb mavzuning markazida bo‘ldi – fuqarolarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri – murojaat qilish huquqiga oid seminar tashkil etildi. “Murojaatlar bilan ishlash: amaldagi qonunchilik, dolzarb yangiliklar va samarali yondashuvlar” deb nomlangan ushbu tadbir nafaqat rasmiy ma’ruzalar, balki real hayotiy holatlar, tajriba almashinuvi va yangicha qarashlarga boy bo‘ldi.

Seminarda Adliya vazirligi mutaxassislari, Xalq qabulxonalari vakillari hamda “O‘ztransgaz” AJning murojaatlar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Ular murojaatlarning asl mohiyatidan tortib, ularni to‘g‘ri va tezkor ko‘rib chiqish mexanizmlarigacha bo‘lgan barcha jihatlarni batafsil muhokama qilishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar:
Amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishishdi;
Murojaatlar bilan ishlashdagi dolzarb muammolar va ularning real yechimlarini tahlil qilishdi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oldilar.

Muhokamalar davomida “Oddiy murojaat – oddiy ish emas” degan fikr yana bir bor tasdiqlandi. Har bir murojaat ortida odamlar, ularning taqdiri va ishonchi turadi. Aynan shuning uchun ham bu yo‘nalishdagi ishlar chuqur mas’uliyat, e’tibor va insoniy yondashuvni talab qiladi.

Tadbir so‘ngida esa ishtirokchilar kelajakdagi faoliyatlari uchun ilhomlanishdi, yangi g‘oyalar, amaliy takliflar bilan qurollanishdi. Seminar – bu shunchaki yig‘ilish emas, balki fikrlar maydoni, tajriba almashish nuqtasi bo‘ldi.