jins

Uztransgaz

13.01.2025


“O‘ztransgaz” AJ va uning boshqarmalarida murojaatlar bilan ishlovchi mas'ul xodimlar Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida imo-ishora tilini o‘rganish bo‘yicha ta’lim olishmoqda. Mashg‘ulotlarga 3 nafar xodim jalb etilgan.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu tadbir imkoniyati cheklangan murojaatchilar bilan so‘zlashuvdagi muammolarga yechim sifatida ahamiyatli. O‘quv kurslari xodimlarning ko‘nikmasini oshirib, xizmat sifatining yaxshilanishiga va fuqarolar bilan muloqotda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shadi.

Возврат к списку