jins

Uztransgaz

21.09.2021

Zirabuloq MGQBda “Oʼztransgaz” АJ Personalni boshqarish departamenti boshligʼi Sh.Boboev ishtirokida Samarqand, Gʼallaorol, Toshkent, Fargʼona MGQBlari, Shimoliy Soʼx va Xoʼjaobod GEOSIlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʼlimi xodimlari uchun kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, bu boradagi ishlar natijalari va jarayonda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarga bagʼishlangan tadbirda Qonun bilan yana bir bor batafsil tanishtirildi. Jamiyat tarkibiy tuzilmalaridagi masʼul xodimlarining mavjud muammolari tinglandi. Ularning yechimi boʼyicha tajriba almashinildi. 

Uchrashuvda murojaatlarni koʼrib chiqishda muddatiga alohida e'tibor berish, murojaatchining  talablarini imkoniyat qadar toʼliq qondirish ishlarini sidqidildan bajarish zarurligi taʼkidlandi. Tadbirni oʼtkazishdan asosiy maqsad - fuqarolarning murojaatlarini nazoratga olib sifatli va oʼz muddatida ijobiy hal etish, takroriy murojaatlarning oldini olishdan iborat ekanligiga urgʼu berildi. 



Возврат к списку