jins

Uztransgaz

25.03.2022

"O‘ztransgaz" AJ Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Muborak MGQBda  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan mintaqaviy seminar o‘tkazildi.  "Urganchtransgaz" UK, Gazli va Kogon MGQBlarining vakillari ishtirok etgan seminar-treningda  Fuqaro murojaatlari to‘g‘risidagi qonun ijrosi yuzasidan fikr almashildii. Joylarda bu borada olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ko‘rsatmalar berildi.

Boshqarmaning Surxondaryo viloyatida joylashgan Qumqo‘rg‘on gaz quvurlaridan foydalanish xizmati binosida esa Jamiyat boshqaruvi raisining ishonchli vakili  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi. Murojaatlar tinglanib muammoning yechimi bo'yicha mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirish berildi va ijrosi nazoratga olindi. 

Возврат к списку