jins

Uztransgaz

29.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilgan navbatdagi qabullar davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari atroflicha o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi.

Dastlabki qabulda operator uylari bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularni xususiylashtirish masalasi bo‘yicha fuqarolar bildirgan taklif va istaklar huquqiy jihatdan tahlil qilindi.

G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul  jarayonida 18 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ular orasida boshqa lavozimga o‘tkazish, ishga joylashish, ish stavkasini oshirish, razryad belgilash kabi masalalar ko‘tarildi. Shu kunning o‘zida bir qator murojaatlar ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq o‘rganish va javob xati yuborish belgilandi.

Sayyor qabullar yakunida murojaatlar bilan ishlashda tizimlilik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillari asosiy mezon etib belgilandi.


Возврат к списку