jins

Uztransgaz

17.07.2023

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining ishonchli vakili Sh.Boboyev jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabullarni Gazli va Kogon MGQBda o‘tkazdi. Muammolarni joyida hal etish va hududiy idoralarga nisbatan talabchanlikni yanada oshirish maqsadida ishonchli vakil ylarni imkon qadar joyida bartaraf etishga harakat qilmoqda. Murojaatlarni tinglab, ularga yechim topish choralari ko‘rilmoqda. 

Sh.Boboyev boshqarmadagi mas’ullar ishtirokida yig‘ilish ham o‘tkazdi. Kelib tushayotgan takliflarni tahlil qilish, har bir murojaatga xolis baho berish, uni o‘z muddatida vijdonan ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha murojaatchiga javob xatlarini yuborish shartligini yana bir bor eslatildi. 

Hozirgi vaqtda yurtimizda, ayniqsa cho‘l hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilishi munosabati bilan kunning issiq vaqtida quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan ish jarayonlarida xodimlarga palatka yoki quyosh nurlaridan to‘sish choralarini qo‘llash hamda sut mahsulotlari bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Ishchi-xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilishni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Возврат к списку