jins

Uztransgaz

04.09.2024


Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami kunlari "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi boshqarmalarda turli tadbirlar davom etdi. G‘allaorol, Kogon va Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasida futbol, tennis, shaxmat-shashka kabi sport musobaqalari o‘tkazildi, bayram dasturxoni yozilib dildan suhbatlar bo‘ldi. Samarali mehnatlari bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyilar, sport musobaqalarida yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Nafaqadagi xodimlar holidan xabar olindi.




Возврат к списку