"Namangan-Andijon” magistral gaz quvurdagi ta'mirlash ishlari yakunlandi
Uztransgaz
14.01.2025

Xabar berilganidek, “Namangan-Andijon” magistral gaz quvuri yaqinida noma'lum ekskavator tomonidan olib borilgan ishlar chog‘ida gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Ayni paytgacha quvurdagi nuqsonni bartaraf etish maqsadida olib borilgan ta'mirlash ishlari yakunlandi. Gaz taqsimlash stansiyalari tabiiy gaz uzatishga tayyor holatda. Qisqa fursatda gaz ta'minoti yo‘lga qo‘yiladi.
