Narpaydagi magistral gaz quvurining 1-tarmog‘i ishga tushdi
Uztransgaz
03.02.2020
Avval xabar qilinganidek, Samarqand viloyati Zirabuloq magistral gaz quvurining 1- va 4- tarmoqlarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Zirabuloq magistral gaz quvurining 1- tarmog‘ida olib borilgan ta’mirlash ishlari yakunlandi va bugun soat 14.00 da ishga tushirildi. Ayni damda iste’molchilarni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
Gaz quvurining 4- tarmog‘ida ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati