Navbatdagi sayyor qabullar Buxoro va Urganchda o‘tkazildi
Uztransgaz
27.10.2025

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruvining ishonchli vakili Kogon, Gazli MGQB va "Urganchtransgaz" UKda o‘tkazgan sayyor qabullarda 5 nafar xodimning murojaati tinglandi. Murojaatlarda qo‘shimcha shtat birligi ajratish, ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida amaliy yordam so‘raldi. "O‘ztransgaz" AJ tomonidan xotin-qizlar uchun yangi yil bayrami arafasida madaniy tadbir tashkil etish taklifi bildirildi. 3 nafar ishchi xodim esa lavozim razryadini o‘zgartirish masalasida murojaat qildi.

Murojaatchilarga tegishli tartibda tushuntirish berildi. Barcha masalalarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq o‘rganib chiqish hamda belgilangan muddatda mualliflarga javob xati yuborish bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berildi.

