Navoiy viloyati Karmana tumanida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan o‘quv mashqi o‘tkazildi
Uztransgaz
08.07.2024
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli "Navoiy-5" GTShda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqi Respublikada davom etayotgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida muhim o‘rin tutadi. Tadbir davomida "Navoiy-5" GTSh obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.

O‘quv mashqi yakunida Kogon MGQB fuqaro tuzilmalari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyor deb baholandi.

Navoiy viloyati Karmana tumanida o‘tkazilgan bu kabi o‘quv mashqlari kelgusida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish va aholining xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.