Navoiyga ehtirom
Uztransgaz
09.02.2025

"O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparatida 9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan sanaga bag‘ishlab maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Navoiyshunos mutaxassis ishtirokidagi uchrashuvda so‘z mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va ma'naviy merosining ahamiyati haqida muhim maʼlumotlar berildi. Taʼkidlanishicha,
– Navoiy merosini o‘rganish nafaqat adabiyotshunoslar, balki har bir ziyoli insonning maʼnaviy yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Har bir inson buyuk shoir ijodi orqali o‘zining shaxsiy kamoloti va maʼnaviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shishi mumkin. Navoiyning asarlari orqali nafaqat o‘zbek adabiyoti va tilining yuksak salohiyatini anglash, balki umumbashariy qadriyatlar, insonparvarlik, maʼrifat va axloqiy yuksalish borasida chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin.
Tadbirda ishchi-xodimlar ham so‘zga chiqib, shoir g‘azallaridan o‘qib berishdi.



