O‘quv markaziga universitet professorlari jalb qilinmoqda
19.02.2024
"O‘ztransgaz" AJ va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida 2023-yilning 21-noyabrida taʼlim va ilmiy tadqiqotlar jarayonlari bilan tanishish hamda personalni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yishga oid o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Hozir mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni-kecha TDTU professor o‘qituvchilari Xorazm viloyatida joylashgan “UTG training” o‘quv markazida bo‘lib, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida olib borilayotgan jarayon bilan tanishishdi. “Neft va gaz” fakultetining professor o‘qituvchilari "O‘ztransgaz" AJ Personalni boshqarish departamenti masʼullari hamrohligida markazni bevosita ko‘zdan kechirib, yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish, malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarida kelishib olishdi.