O'zbekiston delegatsiyasi “Gazprom neft” kompaniyasiga qarashli “Tsifergauz” raqamli transformatsiya markaziga tashrif buyurdi
Uztransgaz
27.10.2021
“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Behzot Narmatov ayni kunlarda energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo’lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari “Yangi Gollandiya” maydoni hududidagi tarixiy binoda joylashgan “Tsifergauz” (“Цифергауз”) raqamli transformatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “Tsifergauz” Sankt-Peterburgda “Gazprom Neft” tomonidan rivojlantirilayotgan yirik texnologik klasterning bir qismidir.

Shaharda bugungi kunda “Gazprom Neft”ning 10 dan ortiq innovatsion markazlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning har biri atrofida universitetlar, texnologiya kompaniyalari vakillari va startaplardan iborat hamkor tizimlar shakllanmoqda.

“Gazprom neft” boshqaruv raisi Aleksandr Dyukovning qayd etishicha, “Tsifergauz” markazida rneft va gaz sanoatida qo‘llanilishi mumkin bo’lgan raqamli texnologiyalar, jumladan sun’iy intellekt sohasiga oid ishlanmalar ham yaratiladi.

Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi a’zolari “Gazprom” kompaniyasi rahbariyati, xususan Aleksey Miller bilan ham uchrashadi.