jins

Uztransgaz

02.02.2024


XXRning qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energetika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan turning birinchi kuni China Energy Internatoional Group So. Ltd. faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi. Zamonaviy energetika, infratuzilma va sanoat obyektlarini loyihalashtirish va qurish borasida katta tajribaga ega mazkur korporatsiya dunyoning ko‘p mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshiryapti. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh va shamol elektr, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalaridagi ishtiroki shular jumlasiga kiradi. 

Bugun jurnalist va blogerlar Xitoyning podstansiya, transformator va boshqa elektr uskunalarini ishlab chiqaruvchi “China electric equipment group” (CHINA XD) kompaniyasi bilan tanishishdi.  1955-yilda tashkil topgan mazkur kompaniyada 11 ming nafardan ziyod ishchi-xodim faoliyat yuritadi. Hozir kompaniya 100 dan ortiq davlatlarda o‘z loyihalari bilan ishtirok etmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar tayyor holga keltiriladi hamda sotuvga chiqarilishidan oldin maxsus laboratoriyalarda sinov nazoratidan o‘tkaziladi. O‘zbekistonlik jurnalistlar mazkur jarayonni kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tadbir dasturiga ko‘ra Pekin, Sian va Chendu shaharlari atrofidagi China XD, LONGI va boshqa ko‘plab kompaniya hamda markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.


Возврат к списку