jins

Uztransgaz

28.06.2022


“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi Behzot Narmatov O‘zbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkinligini bildirgan. Bu haqda Interfax.ru (https://www.interfax.ru/business/847999) agentligi xabar bermoqda.

"Ehtimol, yaqin kelajakda Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning hammasi Oʻzbekistonda qolar, chunki kimyo zavodlari kengaymoqda, ichki iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash talab etiladi. 

Biz ish o‘rinlari yaratishimiz kerak, lekin eksportni sof ko‘rinishida amalga oshirishimiz ham lozim. Xo‘sh, uni qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish iqtisodiyot uchun qanchalik foydali?” – deya jurnalistlarga yuzlangan Narmatov. 

U tabiiy gaz eksportining to‘xtashi 2025-2026-yillarga borib sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Shu bilan birga, tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalarga amal qilinishi davom etadi.

Возврат к списку