O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Uztransgaz
26.07.2022
Anjumanda Qozog‘iston, Pokiston, Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Italiya, Ispaniya, Qatar, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar, BMT va uning nizom organlari, YEI, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti rahbarlari, xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, birinchi marta tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boshchiligida Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etyapti.

Anjuman doirasida Afg‘onistonni rivojlantirish va xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuviga qaratilgan, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdimoti ham tashkil etiladi.
Unda energetika sohasiga oid sessiya ham bo‘lib o‘tadi.