jins

Uztransgaz

23.12.2022

Ko‘pchilikni qiynab kelayotgan ushbu savolga O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov javob berdi. Uning bildirishicha, O‘zbekiston va Xitoy statistika idoralari raqamlarni ikki xil usulda qayd etadi.

«Tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi ko‘rsatilgan. Xitoy tarafi esa, umuman O‘zbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.

Va bu yerda O‘zbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, O‘zbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. Bizning hududda «Asia Trans Gas» qo‘shma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.

Ya’ni, O‘zbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun to‘langan pul. Mana shu ikkita summani qo‘shganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi», — deya tushuntirish berdi O‘zbekiston energetika vaziri.

Возврат к списку