jins

Uztransgaz

07.01.2022


Respublika miqyosida  o'tkazilgan forum maqsadi yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilishga qaratildi.
 
Tadbir doirasida  korxona va tashkilotlaridagi yoshlar yetakchilarining "Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yilidagi  faoliyatini o‘rganib, ularning bilim-ko‘nikmasi,  ortidan ergashtira olishi qobiliyati, erishgan natijalarini baholash ko‘zda tutilgan "Yilning ehg faol yoshlar yetakchisi" ko‘rik-tanlovi natijalari ham e'lon qilindi.  
   
Tanlovda "O‘ztransgaz" AJ  "Urganchtransgaz" UK va G‘allaorol MGQB boshlang‘ich tashkiloti  yetakchilari J.Otaboyev hamda Y.Ergashevalar o'z viloyatlari miqyosida 1-o'ringa sazovor bo'lishdi. Ular diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Возврат к списку