O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘ldi
Uztransgaz
14.11.2025
Shu kunlarda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan "O‘ztransgaz" AJ Ijroiya apparati Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tadbir jamoaviy sport musobaqalari shaklida tashkil etildi.
Ijroiya apparat xodimlari ishtirokida jamoaviy hamjihatlikda harakat qilish ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan "Quvnoq startlar" musobaqasi qizg‘in bellashuvlar ostida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Serharakat mashqlardan iborat dastur asosidagi tadbir taassurotlarga boy bo‘ldi. Musobaqalar yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.