O‘zbekistonda Sian neft universitetining filiali ochiladi
Uztransgaz
28.03.2025
Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tgan Xitoy Xalq Respublikasi vakillari bilan uchrashuvda kelishib olindi. Sian neft universiteti prorektori Ch.Junszyun boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid uchrashuvda XXR delegatsiyasi tarkibida Xalqaro taʼlim, Neft muhandisligi va Gumanitar fanlar instituti rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari rahbar o‘rinbosarlari, Energetika vazirligi va tizim tashkilotlarining Personalni boshqarish departamenti boshliqlari qatnashishdi.

Uchrashuvda Sian neft universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Energetika vazirligi o‘rtasida soha uchun oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuv loyihasini ishlab chiqish, Qashqadaryo (yoki Samarqand) viloyatida Sian neft universitetining filialini tashkil etish, Energetika vazirligi tizimidagi mutaxassislarini soha yo‘nalishi bo‘yicha Sian neft universitetining magistraturasida 2025-2026-o‘quv yilidan o‘qishini tashkillashtirish haqida kelishib olindi. Uchrashuvda shuningdek, Sian neft universitetining filialida tahsil olish uchun kvotalarni shakllantirish, Xitoy universitetning professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda tashkil etilayotgan filial huzurida ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.