"O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuasida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Uztransgaz
10.12.2024
Bu yil yarmarkada 4 627 dan ortiq korxonalar qatnashib, 6 mingdan ko‘proq turdagi mahsulotni namoyish etmoqda. Ushbu mahsulotlar sanoatning mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo sanoati va elektronika kabi turli sohalarini qamrab oladi.

Anjumanda "O‘ztransgaz" AJ vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida magistral gaz quvurlari tarmog‘i va muhandislik inshootlari uchun zarur bo‘lgan texnologik qurilma va uskunalar xarid qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi nafaqat milliy iqtisodiyot yutuqlarini ko‘rsatadi, balki bozorning barcha ishtirokchilari o‘rtasida muloqot uchun noyob sharoitlar yaratadi. Bu yerda biznes yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi, davlat strategik boshqaruv vositalarini oladi, investorlar esa kelajakdagi sarmoyalar uchun istiqbolli yo‘nalishlarni topadi.