“O‘ztransgaz” AJ rahbariyatining murojaatchilar qabuli davom etadi
Uztransgaz
23.01.2024

Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari buxorolik tadbirkor ayol murojaatini tingladi. Tikuvchilik korxonasiga rahbarlik qilayotgan tadbirkor nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan taʼminlagani, korxona faoliyati uchun esa buyurtmalar zarurligini bildirdi. Ishchi-xodimlar uchun maxsus kiyim-bosh tikish bo‘yicha xizmatlarni taklif qildi.

"O‘ztransgaz" AJ masʼullari masalani ko‘rib chiqib, hamkorlik qilishga rozilik bildirdi. Maxsus ish kiyimlarini tikish bo‘yicha shartnoma shartlari tushuntirildi.
