jins

Uztransgaz

22.02.2022

Jamiyat boshqaruv raisi boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, 2022-yilga mo‘ljallangan faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Jamiyat tomonidan 2021-yilda rejalashtirilgan tadbirlar to‘liq amalga oshirilgan. Yig‘ilishda tabiiy gazni bir nuqtadan ikkinchi manzilga texnologik yo‘qotishlarsiz yetkazib berish asosiy vazifa ekani, bu yo‘lda barcha imkoniyatlar ishga solinishi zarurligi, tizimni raqamlashtirish yo‘lida ildam qadam tashlash kerakligi taʼkidlandi. Ayni maqsadni amalga oshirish bo‘yicha o‘tgan yilda Jamiyat tizimida 2021-yilda katta loyiha - “2021-2022-yillarda respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi”ga start berildi. Uning doirasida 315 km magistral gaz quvuri qurish hamda 196 km uzunlikdagi magistral gaz quvurlari rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash ko‘zda tutilgan. Yirik loyihaning birinchi bosqichida qariyb 145 km uzunlikdagi quvurlar qurilgan bo‘lsa, 156 kilometri rekonstruksiya qilindi.

Shuningdek, 2021-yilda kompressor stansiyalarida jami 92 ta gaz haydash agregatlari taʼmirlandi, 64 ta gaz taqsimlash stansiyalarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga Prezident farmonida ko‘zda tutilgan – Jamiyat investitsion jozibadorligini oshirish, unda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida “O‘ztransgaz” AJ qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ularning xulosalari asosida Jamiyatning bugungi holatiga baho berish, istiqbolda uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga erishiladi. Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda “O‘ztransgaz” AJning 2022-yil uchun tasdiqlangan ish-rejasida belgilangan ustuvor vazifalarga alohida urg‘u berildi. Taʼkidlanganidek, ichki imkoniyatlardan unumli foydalagan holda moddiy texnik bazani rivojlantirish, yangilash, shuningdek tabiiy gaz hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi(ASKUG)ni ishga tushirish orqali dispetcherlik xizmatida to‘liq avtomatlashtirish jarayonini tezlashtirish haqida topshiriq berildi. Shuningdek tashkilotni moliyaviy sog‘lomlashtirish, transformatsiya jarayoni jadallashtirish yuzasidan amalga oshirish rejalashtirilgan tadbirlar xususida fikr almashildi.

Возврат к списку