“O‘ztransgaz” AJ: 2022-yil I chorak yakunlari va II chorak uchun belgilangan ustuvor vazifalar
Uztransgaz
26.04.2022
Jamiyat boshqaruv raisi boshchiligida o‘tgan videokonferensiya yig‘ilishida Respublika magistral gaz quvurlari va taqsimlash tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni barqaror yetkazib berish, qurilish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, investitsiya loyihalari borasida olib borilgan tadbirlar hamda Jamiyatning moliyaviy faoliyati yuzasidan I chorak yakunlari haqida so‘z bordi. Prezidentning 2022-yil 28-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturida “O‘ztransgaz”AJ zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

Taʼkidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida Jamiyat tomonidan 286 km magistral gaz quvurlarining ichki sirti tozalandi. Gazli-Kogon yo‘nalishi bo‘ylab qurilgan 146 km masofadagi gaz quvuri 4 bosqichda sinovdan o‘tkazildi. 14 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Yig‘ilishda tabiiy gazni texnologik yo‘qotishlarsiz yetkazib berish asosiy vazifa ekani va bunda barcha imkoniyatlar ishga solinishi zarurligi taʼkidlandi. Bu borada G‘allaorol, Kogon, Toshkent va Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmalarida ahvol ko‘ngildagidek emasligi, texnologik yo‘qotishlar hajmi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan bo‘lsada) hali yuqori darajada ekani tanqid qilindi.

Magistral gaz quvurlarining himoyalanganlik darajasi masalasi ham bugungi dolzarb vazifa sifatida ekanligi qayd etildi. Joriy yil rejasida tizimda 356 ta EKH qurilmasi o‘rnatilishi belgilangan. Tadbirda bu ko‘rsatgichga erishishning muqobil tartiblari muhokama qilindi.
Hisobot davrida boshqaruv apparati masʼullaridan iborat “O‘ztransgaz” AJ tarkibiy bo‘linma va tashkilotlarida mehnat muhofazasi, sanoat, yong‘in, gaz, elektr hamda yo‘l harakati xavfsizligi va ekologiya holatini tekshirish bo‘yicha doimiy harakatdagi komissiyasi tashkil etilib, 4 ta korxonada tekshiruv o‘tkazdi. Unda turli xildagi kamchiliklar aniqlandi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun 46 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishchi xodimlarni favqulodda hodisalardan muhofaza qilish bo‘yicha 60 ga yaqin mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Uchrashuvda 2022-yilning II choragida amalga oshiriladigan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilish natijalariga oid qaror qabul qilindi.