jins

Uztransgaz

09.11.2021


“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021 yil 3 dekabr soat 15:00 da, Toshkent sh., Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 31a uyda joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosining katta zalida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi.

Yig'ilish kun tartibidan:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini, sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini hamda uning vakolat muddatini tasdiqlash.
2. “O‘ztransgaz” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
3. “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv organining yangi tarkibini shakllantirish choralari to‘g‘risida.
4. “O‘ztransgaz” AJ yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash masalalari o'rin olgan.

 Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestri 2021 yil 5 noyabr kuni shakllantiriladi. 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi – 2021 yil 29 noyabr.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2021 yil 3 dekabr soat 14:30 dan 14:55 gacha.

 Aksiyadorlardan o'zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma talab qilinadi. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida  yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma'lumotlar (materiallar) bilan “O‘ztransgaz” AJ (Yusuf Xos Xojib, 31a uy) binosida tanishishlari mumkin.

“O‘ztransgaz” AJ kuzatuv kengashi

Возврат к списку