jins

Uztransgaz

27.01.2023

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati — aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2023-yil 16-fevral kuni soat 15:00 da, Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 85A-uyda joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosining katta zalida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

(telefon raqami: (71) 202-10-60, elektron pochta manzillari: info@utg.uz, korporativ@utg.uz),

Yig‘ilish kun tartibida:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini tasdiqlash;

2. “O‘ztransgaz” AJga tegishli Ipoteka-bankdagi nominal qiymati 1 so‘m bo‘lgan 20 982 795 372 dona aksiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “O‘ztransgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish orqali o‘tkazib berish masalasini ko‘rib chiqish;

3. “O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibi vakolatlarini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqiladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reyestrini shakllantiradigan sana – 2023-yil
17-yanvar.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantiradigan sana – 2023-yil 10-fevral.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2023-yil 16-fevral kuni soat 14:30 dan 14:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma’lumotlar (materiallar) bilan “O‘ztransgaz” AJ (Shahrisabz ko‘chasi, 85-A uy) binosida tanishishlari mumkin.

“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi

Возврат к списку