jins

Uztransgaz

31.01.2023

"O‘ztransgaz" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2023-yil 21-fevral kuni soat 15:00 da, Toshkent Sh., Shahrisabz ko‘chasi, 85A-uyda joylashgan "O‘ztransgaz" AJ binosining katta zalida bo‘lib o‘tadi. 

Yig‘ilish Kun tartibidan:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini tasdiqlash.

2. "O‘ztransgaz" AJning yangi tahrirdagi Nizomini tasdiqlash.

3. "O‘ztransgaz" AJning yangi tahrirdagi ichki meʼyoriy hujjatlarini tasdiqlash.

4. "O‘ztransgaz" AJ Ijroiya apparatining yangi tahrirdagi tuzilmasini tasdiqlash masalalari o‘rin olgan.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reyestri shakllantiriladigan sana – 2023-yil 30-yanvar.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reyestri – 2023-yil 15-fevralda shakllantiriladi.

Qatnashchilarni ro‘yxatga olish 2023-yil 21-fevral kuni soat 14:30 dan 14:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa ishonchnoma talab qilinadi.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan maʼlumotlar (materiallar) bilan "O‘ztransgaz" AJ (Shahrisabz ko‘chasi, 85-A uy) binosida tanishishlari mumkin. 

Telefon raqami: (71) 202-10-60, elektron pochta manzillari: info@utg.uz, korporativ@utg.uz

 "O‘ztransgaz" AJ Kuzatuv kengashi

Возврат к списку