jins

Uztransgaz

24.06.2024


“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85a uyda joylashgan, telefon raqami: (71) 202-10-60, elektron pochta manzillari: info@utg.uz, korporativ@utg.uz, “O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 12-iyul soat 15:00 da, Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 85a uyda joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi ish tartibini tasdiqlash.

2. “O‘ztransgaz” AJ kuzatuv kengashi amaldagi tarkibi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish.

3. “O‘ztransgaz” AJ kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini shakllantiradigan sana – 2024-yil 21-iyun.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reestrini shakllantiradigan sana – 2024-yil 8-iyul.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish

2024-yil 12-iyul kuni soat 14:30 dan 14:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma'lumotlar (materiallar) bilan “O‘ztransgaz” AJ (Shahrisabz ko‘chasi, 85a-uy) binosida tanishishlari mumkin.

“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi

Возврат к списку