jins

Uztransgaz

06.11.2023

"O‘ztransgaz" AJ aksiyadorlarining 2021-yil yakuni bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi 2023-yil 16-noyabr soat 15:00 da, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi 85A uyda joylashgan "O‘ztransgaz" AJ binosida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi. 

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi ish tartibini, sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini hamda uning vakolat muddati tasdiqlash.

2. "O‘ztransgaz" AJ kuzatuv kengashining 2021-yil yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish.

3. “O‘ztransgaz” AJning 2021-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish.

4. “O‘ztransgaz” AJ Ijroiya organining 2021-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini ko‘rib chiqish.

5. Tashqi auditorlik tashkilotining 2021-yil yakunlari bo‘yicha Jamiyat moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ishonchliligi to‘g‘risidagi xulosalarini ko‘rib chiqish.

6. “O‘ztransgaz” AJning 2021-yil uchun korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

7. “O‘ztransgaz” AJning 2021-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.

8. O‘ztransgaz” AJ 2021-yil yakuni bilan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha foydasini (zararini) taqsimlash, to‘lanadigan dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risida.

9. Affillangan shaxslar bilan kelgusida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ko‘rib chiqish.Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reyestrini shakllantiradigan sana – 2023-yil 26-sentyabr.

Aksiyadorlarning 2021-yil yakuni bo‘yicha umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantiradigan sana – 2023-yil 10-noyabr.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2023-yil 16-noyabr soat 14:30dan 14:55gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi.

Aksiyadorlar 2021-yil yakuni bo‘yicha umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan maʼlumotlar bilan “O‘ztransgaz” AJ (Shahrisabz ko‘chasi, 85a-uy) binosida tanishishlari mumkin.

 “O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi

Возврат к списку