"O‘ztransgaz" AJ axboroti
Uztransgaz
05.07.2022
Ijtimoiy tarmoqlarda Dashtobod shahridagi gaz zapravkalarda navbatlar paydo bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Videoda keltirilgan Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi Zomin tumanidagi “FLAGMEN” MCHJga qarashli bo‘lib unga Dashtobod gaz taqsimlash stansiyasi orqali tabiiy gaz yetkazib beriladi.

G‘allaorol Magistral gaz quvurlari boshqarmasi masʼullarining maʼlumotiga ko‘ra, hozirgi paytda GTSga kiruvchi va isteʼmolchiga uzatiluvchi gaz bosimlari belgilangan meʼyordagi ko‘rsatkichlarda va bir maromda uzatilmoqda. Dashtobod GTS odatiy ish faoliyatini davom ettirmoqda va hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan. AGTKSHning o‘zidagi muammoga O‘ztransgaz" AJ masʼul emas. Tabiiy gazning chakana narxini tadbirkorlik subyektining o'zi belgilaydi.