jins

Uztransgaz

15.07.2022


"O‘ztransgaz" AJ yirik isteʼmolchilar va magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan 350 ga yaqin AGTKSHga tabiiy gaz yetkazib beradi. Shuningdek, "O‘ztransgaz" AJ Toshkent shahridagi iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib bermaydi. 

Avvalroq, "O‘ztransgaz" AJ mijozlariga 15 iyuldan tabiiy gaz narxi oshishi haqida xat yuborgan. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 387-son qaroriga ko‘ra, narxlar oshirilishi vaqtincha to‘xtatildi. Shunga ko‘ra, "O‘ztransgaz" AJ gaz zapravkalarga tabiiy gazni eski narxda uzluksiz va bir maromda yetkazib bermoqda. 

Ayrim AGTKSHlarda narx ko‘tarilishi qayd etilsa, bu - tadbirkorlik subyektining mustaqil qaroridir. Chakana narxni belgilash "O‘ztransgaz" AJ vakolatiga kirmaydi. "O‘ztransgaz" AJdan gaz oluvchi AGTKSHlar tabiiy gazni eski narxda sotayotganini maʼlum qilamiz. 

Возврат к списку