jins

Uztransgaz

07.12.2022

Keyingi kunlarda mamlakatimiz hududida sovuq havo haroratining saqlanib turishi tabiiy gaz isteʼmolining keskin ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada, magistral gaz quvurlardagi gaz bosimi pasayib, tabiiy gazni tashish imkoniyatlariga jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Mazkur, holatlarni oldini olish hamda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, taʼlim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) ish rejimiga kiritilgan vaqtinchalik qisqartirish Reja-grafigiga (https://t.me/uztg_uz/339) (avvalgi soat 17:00 dan 06:00 gacha), magistral gaz quvurlardagi gaz bosimi ko‘tarilgunga qadar soat 11:00dan 06:00gacha o‘zgartirish kiritilganligini maʼlum qilamiz.

Возврат к списку