“O‘ztransgaz” AJ bayonoti: jinoyat ishi ochilgani yuzasidan
Uztransgaz
29.07.2022

“O‘ztransgaz” AJ bayonoti: jinoyat ishi ochilgani yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mansabdorlariga nisbatan katta miqdorda jinoyat ishi ochilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruv boshlagan.
“O‘ztransgaz” AJ shu kabi iddaolar yuzasidan shuni ma’lum qiladi:
Aksiyadorlik jamiyati o‘z mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochilganidan xabari yo‘q va hozirda ham hech bir mansabdor shaxs biror jinoiy ish doirasida tergov jarayoniga jalb qilinmagan.
Shu o‘rinda, barcha OAV va blogerlarga, “O‘ztransgaz” AJ hamkorlik uchun ochiqligi hamda barcha savollarga javob berishga shayligini yana bir bor ma’lum qilamiz.
"O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati:
+998770100448 Tolib Rahmatov
+998712021008 (ichki raqam: 1081)
Murojaatlar bo‘limi:
+998990104594 Surayyo Sidiqjonova
+998712021008 (ichki raqam: 1259)