jins

Uztransgaz

03.06.2022

“O‘ztransgaz” AJ tizimidagi korxona hamda tashkilotlarning faol xotin-qizlari va OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirga Namangan shahri mezbonlik qildi. Seminarda "Kasaba uyushmasida xotin-qizlar komissiyasining maqsad va vazifalari, kelgusida amalga  oshirilishi lozim bo‘lgan muxim masalalar" haqida so‘z bordi.

Bugungi kunda "O‘ztransgaz" AJ tizimida mehnat qilayotgan muhandis va ishchi-xodimlarning 1000 nafarga yaqinini xotin-qizlar tashkil qiladi. Ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar esa doimiy e’tiborda turgan masalalardan biridir. Seminarda shu jihatlar diqqat markazida bo‘ldi.

Qatnashchilar Namangan viloyati Kasaba uyushmalari tomonidan hududdagi xotin-qizlar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Anjuman qatnashchilari Namangan shahrining Tinchlik xiyobonida 61-marta o‘tkazilayotgan "Gullar festivali”da ishtirok etdilar. Shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi. O‘zaro tajriba almashinildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.



Возврат к списку