“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi v.v.b A.Isoqjonov bugun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazdi
Uztransgaz
12.04.2023
Qo‘ng‘irot tumanidan kelgan Q. Qurbanbayev 2021yildan buyon vaqtinchalik shartnomalar asosida ishlab kelmoqda. U doimiy ishga qabul qilinishida amaliy yordam berishni so‘ragan.

Jizzaxlik M.Quliyev G‘allaorol MGQBda fuqaroviy shartnoma asosida suvoqchi-bo‘yoqchi lavozimiga qabul qilingan. Shartnoma muddati tugagach u ham doimiy ishga joylashish yuzasidan “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qabuliga keldi.

Toshkentlik B.Qayumov yuridik shaxs sifatida murojaat qilib, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan eʼlon qilingan tenderda “FRIM COUNTER MCHJ” nomidan qatnashgani va tanlov yakunidan norozilik bildirdi. Mutaxassislar tanlovda hali ishlar yakunlanmagani murojaatchining hujjatlariga tuzatish kiritish zarurligini bildirdi.

Shaxsiy qabulda tegishliligi bo‘yicha masʼullarga bugungi murojaatlarga qonuniy va to‘g‘ri yechim topish vazifasi topshirildi va ijrosi nazoratga olindi.