“O’ztransgaz” AJ Boshqaruvi a'zolarining ishonchli vakili jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi qabullarni o‘tkazdi
Uztransgaz
30.06.2025
Videoaloqa formatida o‘tkazilgan qabulda Muborak va Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi hamda "Shimoliy So‘x" va "Xo‘jaobod" gazni yer ostida saqlash inshootidan 6 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Murojaatlarda Muborak MGQB ishchisi to‘liq stavkaga ishga o‘tish bo‘yicha, Farg‘ona MGQBda ishlaydigan 3 nafar ishchi moddiy yordam ajratilishi, Xo‘jaobodlik 2 nafar fuqaro ishga joylashish masalasida, "Shimoliy so‘x" GYOSIda ishlayotgan 1 nafar xodim ish ko‘lamidan kelib chiqqan holda lavozim darajasini ko‘tarish masalalarida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Barcha murojaatlar bilan batafsil tanishib chiqilganidan so‘ng, to‘liq stavkaga o‘tish, ishga joylashish va lavozim darajasini oshirishni so‘ragan murojaatchilarga boshqarma va inshootlarda vakant ish o‘rinlariga oid mavjud holat haqida ma‘lumotlar berildi. Ishga kirish bo‘yicha amaldagi tartib va qoidalar tushuntirildi.

Moddiy yordam so‘ralgan murojaatchilarga bu masalalar bo‘yicha “O’ztrangaz” AJning Jamoa shartnomasiga asosan belgilangan tartibda ko’rib chiqib, o’z muddatida javob xatlari yuborilishi to’g’risida ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, murojaatlarda qayd etilgan taklif, kamchilik va muammolarni o‘rnatilgan tartibda qonunlar asosida ko‘rib chiqilishi va ijobiy hal qilinishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda javob xatlari yuborilishi tushuntirildi.