jins

Uztransgaz

18.03.2020

1.jpgG‘allaorol Magistral gaz quvurlari boshqarmasi Respublikaning toifalangan ob’ektlari qatoriga kiradi. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Sayidov G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida bo‘lib, korxona faoliyati va ob’ektning muxandislik qo‘riqlash texnik vositalar bilan jihozlanishi bilan yaqindan tanishdi. Samaradorlikka halaqit berayotgan omillar va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Shu bilan birga Boshqaruv raisi U.Sayidov va uning o‘rinbosari A.Alimov rejaga asosan navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabulini o‘tkazib, 17 nafar fuqaroni qabul qildi. Murojaatchilarning 2 nafari farzandini ishga joylashtirish yuzasidan amaliy yordam, 4 nafari moddiy yordam so‘ragan bo‘lsa, 8 nafar murojaatchilar ish o‘rniga ehtiyoji borligini ma’lum qildi. 3 nafari boshqa masalalar bilan murojaat qilishdi. 

Murojaatchilarning aksariyatiga joyida tushuntirishlar berildi. Qolganlari yuzasidan yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar berildi. Uning ijrosi “O‘ztransgaz” AJ tomonidan nazoratga olindi.

Mavjud reja asosida yil davomida shu kabi sayyor qabullar muntazam o‘tkazilib, yurtdoshlarimiz roziligi yo‘lidagi sa’yi-harakatlar davom ettiriladi.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку