jins

Uztransgaz

10.04.2020

2020 yilning 8 aprel kuni Tribuna.uz va Kun.uz caytlarida e’lon qilingan «Futbolchilar oilasini qanday boqishni bilmayapti» sarlavhasi ostidagi maqolada Vadim Abramov «BUNYODKOR» futbol jamoasining moliyaviy muammolari haqidagi fikrlarini keltirdi. Unda 2019 yilgacha xomiylik qilib kelgan “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan futbol jamoasi oldida qarzdorlik mavjudligi va futbolchilarning 3 oydan buyon oylik maosh olmayotganliklariga “O‘ztransgaz” AJ sababchi ekanligi mazmunida mulohaza yuritilgan. Aslida bu masalada vaziyat qandayligi xususida quyida keltirib o‘tamiz.

2019 yil uchun “FK BUNYODKOR” MChJ hamda “O‘ztransgaz” AJ tomonlarining o‘zaro kelishilgan barcha smeta xarajatlari “O‘ztransgaz” AJ tomonidan ortig‘i bilan to‘lab berilgan va jamiyatning “FK BUNYODKOR” MChJ futbol jamoasi oldida 2019 yil uchun qarzdorligi mavjud emas.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2019 yil 4 dekabrda qabul qilingan PF-5887 Farmonda futbol rivoji uchun ajratiladigan mablag‘larning manbalari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20-dekabrdagi bayoniga asosan “O‘ztransgaz AJ tomonidan professional futbol klublariga va umumiy sport tadbirlariga homiylik xayriyalari mablag‘larini ajratish qat’iyan ta’qiqlangan hamda mazkur tadbirlarga “O‘zbekneftegaz” AJ va uning korxonalari mas’ul etib belgilangan, “FK BUNYODKOR” MChJning prezidenti esa “O‘zbekneftegaz” AJ rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, maqolada keltirilgan da’volar asossiz va kelgusida maqolalarni har bir tomonlarning aniq ma’lumotlarga tayangan holda chop etilishi maqsadga muvofiqdir.

                                              “O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку