jins

Uztransgaz

14.02.2020

3.jpgPrezident Shavkat Mirziyoevning Oliy majlisga Murojaatnomasida Yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, ijodkorligini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirilgan edi. Poytaxtimizdagi “Kitob olami” markazida “O‘ztransgaz” AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari ishtirokida "Yoshlar ma’naviyatini oshirish va kitobxonlikka yo‘naltirish" mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ana shu fikrlarga hamohang tarzda o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullaeva, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Yuridik universitet professori Feruza Muhiddinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari Muxtasar Qodirova, Hilolaxon Ibrohimova, yosh shoira Shoxsanam Nishonovalar ishtirok etib, bugungi kun yoshlari, ularning hayoti va qiziqishlari, xususida fikr almashildi.

1.jpgUchrashuvda so‘zga chiqqanlar tarixsiz kelajak bo‘lmasligi, o‘tmishda yashab o‘tgan jahonga mashhur ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, beqiyos ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish muhim vazifalardan ekanligini ta’kidlashdi. Inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi omillar, xususan kitobning hayotimizdagi ahamiyati, jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lish uchun e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritildi. Teatr artisti sahnalashtirilayotgan yangi asarlar va obrazlar ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Uning ijrosidagi monologlar, shoira qizning o‘z ijodidan o‘qib eshittirgan she’riy misralari yig‘ilganlarda taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida faol yoshlar kitoblar olamiga tashrif buyurib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni xarid qildilar.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку