"O‘ztransgaz" AJ fidoyilari
Uztransgaz
03.02.2022

Kuryazov Ruslan Ro‘zmetovich - Xiva shahrida tug‘ilgan, 53 yoshda. Mehnat faoliyatini 1986-yilda kasb-hunar texnika bilim yurtida o‘quvchilikdan boshlagan R.Kuryazov qariyb 25 yildan buyon “Urganchtransgaz” UK Zaung‘ur MGQB quvurlar taʼmirlash xizmati elektr gazpayvandchisi bo‘lib mehnat qilmoqda. Bugungi kunda elektr payvandchilikda eng yuqori 6-razryadga ega bo‘lgan ustaning o‘nlab shogirdlari bor.
O‘quv markazida tizim ishchi-xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida shogirdlarga taʼlim berish uchun Ruslan og‘ani taklif qilishadi. Zero hozirda u tizimdagi payvandchilarning eng mohir ustalaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.