“O‘ztransgaz” AJ gaz transport tizimi obyektlarida magistral gaz quvurlarni 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashi uchun amalga oshirilgan asosiy ishlar
Uztransgaz
01.12.2022
Respublika shimolidan janubiy qismiga tabiiy gaz uzatilishini ko‘paytirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati hududidan o‘tgan diametri 1020 mm va 1220 mm bo‘lgan magistral gaz quvurlarning 189 km uchastkalari rekonstruksiya qilindi. Buxoro viloyati hududida diametri 1220 mm uzunligi 146 km bo‘lgan yangi magistral gaz quvuri qurib ishga tushirildi. Natijada magistral gaz quvurlarning tabiiy gaz uzatish quvvati kuniga 12 mln. kub metrga oshirildi.
Magistral gaz quvurlarning 19,5 km nuqsonli qismi kapital taʼmirlandi. Taʼmirlash ishlari vaqtida quvurlardagi qoldiq 18,1 mln. kub metr tabiiy gaz mobil kompressor stansiyalardan foydalanib iqtisod qilindi va yo‘qotilishlarning oldi olindi.
Magistral gaz quvurlarning 2 605 km uchastkasi porshen orqali tozalandi va o‘tkazuvchanligi taʼminlandi.
Toshkent viloyati Chinoz tumani aholi isteʼmolchilari uchun 1 ta yangi gaz taqsimlash stansiyasi ishga tushirildi, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi 3 ta gaz taqsimlash stansiyasida yangi aholi tarmog‘i qurildi.
Kuz-qish davrida ortib ketuvchi isteʼmol hajmini taʼminlash uchun mavjud 2 ta gazni yer ostida saqlash inshootlariga 3 276,7 mln. kub metr hajmdagi tabiiy gaz jamlandi.
Kompressor stansiyalardagi 89 ta gaz haydash agregati taʼmirlandi.