jins

Uztransgaz

19.08.2024

"O‘ztransgaz" AJ Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gazni barqaror tashish uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning doirasida xorijdan keltirilgan DU 80 L1 rusumli gaz turbinali dvigatellarni o‘rnatish ishlari boshlandi.

"DKS-5" gaz siquv kompressor stansiyasining B sexi tabiiy gazni yer ostidagi saqlash inshootidan tortib olishga xizmat qiladi. Bu yerdagi mavjud dvigatellarning texnik holati mukammal ta’mirga ehtiyoj sezgani sababli ular ta’mirlash korxonasiga yuborilgan. Hozirda ijara shartnomasi asosida keltirilgan yangi dvigatellarni o‘rnatish natijasida kuz-qish mavsumida gaz uzatuvchi tarmoqning bir maromda ishlashi ta’minlanadi. Joriy yil oxirigacha boshqarma uchun yana 2 ta dvigatel xarid qilish rejalashtirilgan.

Возврат к списку