jins

Uztransgaz

11.03.2020

4.jpgBugun yurtimiz hayotida ulkan islohotlar jarayoni kechmoqda. Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning tashabbuskorliklari va qo‘llab-quvvatlashlari bilan har bir sohada o‘zgarishlar, yangilanishlar shiddati ko‘zga tashlanadi. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati ham bu jarayonida faol ishtirok etmoqda. Tizimni modernizatsilash, innovatsiyalarni joriy etish yo‘lidagi sa’yi-harakatlar bunga misoldir. Jamiyat tashabbusi bilan tashkil qilingan “Tovarlar va xizmatlarni mahalliylashtirish bo‘yicha Respublika ilmiy-tadqiqot institutlarining takliflarini muhokama qilish” mavzusidagi davra suhbati ham sohadagi islohotlar rivojiga hissa qo‘shadi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilmiy muassasalar olimlari ishtirokida o‘tgan tadbirda dastlab gaz transporti tizimida bugungi kunda import qilinayotgan mahsulotlar va xizmat turlari haqida ma’lumot berildi. Gaz xaydash dvigatellarini kapital ta’mirlash, magistral gaz quvurlarining ichki korroziyasini aniqlash texnologiyasi, kimyoviy moddalar, quvurlarni tashqi ta’sirlardan ximoyalovchi vositalar kabi mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlar dolzarbligiga e’tibor qaratildi. Aksariyati shu kunlarda xorijdan valyuta hisobiga olib kelinayotgan bu ehtiyojlarni ichki imkoniyatlar hisobiga qondirilishi esa valyutani tejash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash sifatida ahamiyatli.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan islohotlarining dolzarb mavzularidan biri bu - ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etishdir. Ushbu sohada hokimiyat organlarininig mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2019 yil 24 avgustda “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. “O‘ztransgaz” AJ Qarorda belgilangan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida mukammal bajarilishini ta’minlash, jamiyat faoliyati doirasida mavjud bo‘lgan talab va takliflarni tizimli ravishda bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va importni qisqartirish ishlarini optimal ravishda amalga oshirib kelmoqda.

2.jpgXususan, jamiyat tomonidan so‘nggi 5 yillik davr davomida amalga oshirilgan import ta’minoti tahlil qilindi, importni qisqartirish va ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi. Tahlillar asosida importni qisqartirish bo‘yicha 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda importni 50,0 mln. dollaridan ko‘proq optimallashtirish va 252 mlrd. so‘mni tejash choralari ko‘zda tutilgan.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Kimyo va farmasevtika instituti, Toshkent Kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, “O'ZLITINEFTGAZ” AJ, “Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va Umumiy va neorganik kimyo instituti olimlari “Yangi mahalliy katalizatorlar, adsorbentlar va tabiiy gaz tarkibini muvofiqlashtirish uchun ximoya qatlamlarini ishlab chiqish”, “Odorant moddasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish”, “Dietilenglikol ishlab chiqarish texnologiyalari”, “Mahalliy xomashyo hisobiga kranlar uchun moylarni ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Magistral gaz quvurlarining ustki qismiga innovatsion usulda infraqizil nurdan foydalangan holda ishlov berish” va boshqa mavzularda taqdimot o‘tkazdilar.

Suhbat yakunida “O‘ztransgaz” AJ va Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy tadqiqot institutlari o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorliklarini bildirdilar. Uch tomonlama Qo‘shma qaror va Anglashuv Memorandumi imzolashga kelishib olindi. Yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruxlari tuzildi. Ular tomonidan o‘zaro muzokaralar asosida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, joylarda mavjud muammolar yechimi bo‘yicha hamkorlikda loyihalar amalga oshiriladi.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку