"O'ztransgaz" AJ - innovatsion loyihalar tarafdori
Uztransgaz
04.07.2024

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 6-iyuldagi "2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror ijrosini ta'minlash doirasida "O'ztransgaz" AJ ilmiy-texnik va innovatsion mahsulotlarni yaratish jarayoniga faol kirishdi. Prognoz ko‘rsatkichlarga ko‘ra, korxona 2024-yilgacha 16 ta yangi innovatsion loyihani joriy etishi, 2026-yilgacha esa 26 ta loyihani amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Belgilangan maqsadlarga erishish va loyihalarni samarali amalga oshirish uchun bugun "O'ztransgaz" AJda seminar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi. Seminarda 2024-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasidagi 16 banddan iborat chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi muhokama qilindi.

