jins

Uztransgaz

17.08.2022


“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi B.Narmatov buyrug‘i bilan 2022/2023-yil kuz-qish davriga tayyorgarlik qayyo‘sinda ekani, yil boshida tasdiqlangan rejaga nisbatan ishlar qay darajada bajarilganini aniqlash maqsadida ishchi guruh tuzildi. 

U kuz-qish davrida magistral gaz quvurlari va inshootlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmlarda bajarilishini ta’minlash qanday ketayotganligini o‘rganadi. 

Bundan tashqari, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini bajarilishini monitoring qilish hamda har bir ishlab chiqarish obyektlarida bajarilgan ishlarni baholab boradi. Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarni ham ko‘radi. 

Shu bilan birga, o‘rganish natijalari tarkibiy bo‘linma va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokidagi yakuniy yig‘ilishda ko‘rib chiqilishi ham belgilangan.

Возврат к списку