"O‘ztransgaz" AJ ishchi xodimlari uchun diktant tadbiri shu qaror ijrosi doirasida tashkil etildi.
Uztransgaz
10.12.2025

Respublikamiz Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish, o‘zbek tilinining sofligini saqlash va boyitib borish maqsadida qabul qilingan “Davlat tilini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida davlat tilida umummilliy diktant loyihasi ham ko‘zda tutilgan.

"O‘ztransgaz" AJ ishchi xodimlari uchun diktant tadbiri shu qaror ijrosi doirasida tashkil etildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, soha vakillarining til va yozuvdagi muammolari aniqlash hamda baholashga qaratildi. To‘g‘ri yozilgan hujjatlar ish yuritishni tezlashtiradi va xato hamda tushunmovchiliklarning oldini oladi. Yozuv amaliyoti orqali shuningdek, yangi so‘zlar, ifodalar va grammatik qoidalar o‘zlashtirilib, xodimlarning davlat tilida ish yuritish samaradorligi yanada ortadi.
